
"Qayrat"ning Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi taqvimi bilan tanishing
Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasining UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi o‘yinlari boshlanish sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi. Evrokuboklar bosh turnirining kuzgi qismidagi barcha 8 tur taqvimi UEFA rasmiy saytida e’lon qilindi.
"Qayrat"ning Chempionlar Ligasi-2025/2026 mavsumi umumiy bosqichidagi o‘yinlar jadvali:
1-tur: 18 sentyabr, 00:00, "Sporting" (Portugaliya) - "Qayrat";
2-tur: 30 sentyabr, 21:45, "Qayrat" - "Real" Madrid (Ispaniya);
3-tur: 21 oktyabr, 21:45, "Qayrat" - "Pafos" (Kipr);
4-tur: 5 noyabr, 00:00, "Inter" (Italiya) - "Qayrat";
5-tur: 26 noyabr, 21:45, "Kopengagen" (Daniya) - "Qayrat";
6-tur: 9 dekabr, 19:30, "Qayrat" - "Olimpiakos" (Gretsiya);
7-tur: 20 yanvar, 19:30, "Qayrat" - "Bryugge" (Belgiya);
8-tur: 28 yanvar, 22:00, "Arsenal" (Angliya) - "Qayrat".
"Qayrat" klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasi guruh/umumiy bosqichiga yo‘llanma oldi. Saralash pley-off bosqichida Qozog‘iston chempioni Shotlandiyaning "Seltik" (0:0, 0:0, 3:2 (pen.) jamoasini ikki o‘yinda mag‘lub etdi.
Fikrlar