
Qaysi jamoalar muddatidan oldin Evropa Chempionlar ligasi pley-offiga chiqdi?
Evropaning bir necha mamlakatlarida Evropa Chempionlar ligasining beshinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, muddatidan oldin pley-off yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan jamoalar soni o‘ntaga etdi.
Bu turda ijobiy natija qayd etgan ispan klublaridan “Atletiko” va “Barselona”, Germaniyadan “Borussiya Dortmund” va Italiyadan “Latsio” musobaqaning keyingi bosqichida ham o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Bundan oldin oltita jamoa – “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Inter”, “Real Sosedad”, “Real” va “Leyptsig” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Qizig‘i shundaki, muddatidan oldin guruh bosqichidan o‘tgan jamoalarning barchasi kuchli beshlik ligalari vakillaridir.
Fikrlar