Qaytar dunyo. Yoxud Ikardining o‘zi ham hiyonat qurboni bo‘ldi

  • 27 yanvar, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi rafiqasi Vanda Narani senegallik hujumchi Keyta Balde bilan birga hiyonat qilganlikda gumon qilmoqda.

Tecno

Ispaniyalik jurnalist Jordi Martinning Ikardiga yaqin manbalariga tayanib xabar berishicha, seshanba kuni Vanda Mauro bilan janjaldan so‘ng Dubayga uchib ketgan va u erda uni hozirda "Spartak" bilan mashg‘ulot yig‘inida bo‘lgan Balde kutib olgan.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Ikardi ushbu xiyonat to‘g‘risija o‘zining bank kartasi orqali amalga oshirilgan tranzaktsiyalar orqali bilib qolgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi nashrlardan ma’lum bo‘lishicha, Vanda haqiqatan ham Dubayda.

Ikardining o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi vaziyatga izoh berdi. Mavsumni “Galatasaroy” safida ijarada o‘tkazayotgan argentinalik hujumchisi Vanda bilan janjallashgani haqidagi ma’lumotni inkor etdi va rafiqasi Baldening rafiqasi Simone Guateriga murojaat qilgan.

"Menda yuborilgan xabarlar va fotosuratlar bor. Chunki ularni xotinim yuborgan. Men ularni oshkor qilmoqchi emasman", - dedi Ikardi.

Futbolchining ushbu so‘zlaridan so‘ng Vandaning Balde bilan yozishmalari aks etgan skrinshotlar tarqaldi.

Ma’lumot uchun, Keyta Balde 2018/19 yilgi mavsumda Mauro Ikardi bilan "Inter"da birga o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Vanda Nara o‘z vaqtida boshqa bir argentinalik futbolchi Maksi Lopesga hiyonat qilib, Mauro Ikardiga turmushga chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusupov Ibrohim
27/01/2023 14:48
Tavba na xusn bor na fayz.Shuni nimasiga ucharkin bu yigitlar.
&
Yusupov Ibrohim
27/01/2023 14:46
Tavba,na xusn bor na fayz.Shuni nomasiga ucharkin