"Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026" turnirida ishtirok etuvchi tarkibimiz ma'lum
8-10 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahri "Katta Dubulğa" turkumiga kiruvchi Xalqaro dzyudo federatsiyasining navbatdagi musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Hozirgacha "Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026" turnirida 38 davlatning jami 308 nafar dzyudochisi tasdiqlagan. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.
Murabbiylar shtabi tomonidan ushbu musobaqada qatnashadigan tarkibimiz tasdiqlandi. Unda asosan yoshlar hamda zahira tarkibimizdagi dzyudochilar joy olgan.
Qizlar:
-48 kg: Sevinch Murodova
-48 kg: Fotima Tursunboeva
-52 kg: Umida Jumaniazova
-63 kg: Sevinch Isoqova
+78 kg: Durdona Nizomiddinova
+78 kg: Fotima Kurambaeva
Erkaklar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-66 kg: Anvar Ibrohimov
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-90 kg: Ramazon Allaberganov
-100 kg: To‘lqin Turdiev
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar