Qilichbozlarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki davom etadi

CHERY AUTO

Yaponiyaning Tokio shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun ikkinchi kun doirasida erkaklar o‘rtasida sablya, ayollar o‘rtasida shpaga qurollarida bahslar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kun dasturlari bo‘yicha 3 nafar hamyurtimiz bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan. Sablyachi yigitlarimizdan Pazilbek Genjebaev hamda Sherzod Mamutov, shpachimiz Malika Hakimova bahslarni davom ettirishmoqda.

Ayni paytga kelib, guruh bosqichi bellashuvlari yakunlandi va hamyurtlarimizning barchasi pley-off bosqichiga muvaffaqiyatli yo‘l olishdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!