
Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi
Bugun Yaponiyaning Tokio shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. 13 iyun sanasida boshlangan musobaqada terma jamoamiz vakillari bir qator yo‘nalishlarda bahs olib borishdi.
Afsuski, bu yilgi qit’a birinchiligi terma jamoamiz uchun ko‘ngildagidek yakunlanmadi. Musobaqa davomida qayd etilgan eng yaxshi natijaga bugun erishdik. Turnir so‘ngida erkaklar o‘rtasida shpaga quroli bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda bahs olib borgan qilichbozlarimiz beshinchi o‘rinni egallashdi. Chorak finalda qozog‘istonlik raqiblariga imkoniyatni boy bergan shpagachilarimiz 5-o‘rin uchun kechgan janglarda Avstraliya va Gongkong terma jamoalarini mag‘lub etdilar. Yakkalik bellashuvlarida esa ikki nafar vakilimiz 1/16 bosqichgachaa etib bora olishdi.
Fikrlar