Qilichbozlik. Sablyachi qizlarimiz jahon kubogiga yo‘l oldi

  • 23 oktabr, 2024, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Pusan shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. MOQ matbuot xizmatiga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Koreyaga jo‘nab ketdi. 

Manbaga ko‘ra, terma jamoamiz tarkibida yoshlar o‘rtasidagi jahon reytingini boshqarib kelayotgan hamyurtimiz Fernanda Errera, qolaversa, Gulistan Perdibaeva, Samira Shokirova, Nargiza Jaksibaeva hamda Ayako‘z Jumamuratova kabi nomlarni uchratish mumkin.

Dasturga ko‘ra, 1 noyabr kuni yakkalik, 2 noyabr sanasida jamoaviy dasturdagi bahslar bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, qizlarimiz jamoaviy dasturda jahon reytingi etakchisi sifatida ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!