
Qilichbozlik. Vakillarimiz JCh navbatdagi kunida qanday natijalar qayd etdi?
Misr mezbonligida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionatining navbatdagi kuni vakillarimiz uchun poyoniga etdi.
Afsuski, hamyurtlarimiz saralashning ilk bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatdi. Umida Ilyasova tajribali raqibasiga deyarli qarshilik ko‘rsata olmagan bo‘lsa, Roman Aleksandrov bahs so‘ngida ketma-ket ochkolarni boy berdi.
Fayzulla Alimov ishtirokidagi jang asosiy vaqti 11:11 hisobidagi durang bilan yakunlandi. "Oltin ochko" uchun kechgan bahsda omad raqib tomonga kulib boqdi.
1/32 final:
Umida Ilyasova – Alina Polozyuk (Ukraina) 3:15
Fayzulla Alimov – Gergeli Tsiklosi (Vengriya) 11:12
Roman Aleksandrov – Igor Reyzlin (Ukraina) 9:12.
Fikrlar