Qimmatbaho futbolchi klubdan ketmoqchi
Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan Londonning “Arsenal” klubi qanot himoyachisi Ben Uayt jamoani tark etish haqida bosh qotira boshladi. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi kelgusi ikki mavsumda o‘yin amaliyoti keskin kamayib ketishidan xavotirda va shu sababli o‘zi uchun yangi chaqiruv izlamoqda.
Ta'kidlanishicha, u hatto juda yaxshi formada bo‘lgan taqdirda ham “Arsenal” bilan xayrlashishga tayyor.
2021 yilda “kanonirlar” Uaytni “Brayton”dan qariyb 60 million yevroga sotib olgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining “Arsenal” bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar