
Qirg‘iziston MTJ futbolchisi: "Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi"
Qirg‘iziston terma jamoasi futbolchisi Andrey Mishenko O‘zbekistonga qarshi o‘yin borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Avvalo, bizni Toshkentga kelib yoki uyda o‘tirib qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Afsuski, qizil kartochkadan so‘ng boshqa taktikada o‘ynadik. Bu jarayonda O‘zbekiston terma jamoasi ko‘proq to‘p bilan muomala qildi. Shuningdek, yigitlarga raxmat aytaman, bor kuchlari bilan harakatlanishdi.
- Besh kundan so‘ng Qatar bilan o‘ynaysizlar. Toshkentda to‘liq kuch bilan o‘ynadinglar. Jismonan tayyor bo‘lasizlarmi?
- Ha, to‘g‘ri charchoq bor. Lekin o‘yin o‘z uyimizda bo‘ladi. Biz Bishkekda keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Fikrlar