
"Qizilqum" - "Paxtakor" o‘yinida VAR ishlamaydi. Sababi...
Bugun Navoiyda chempionatimizning 18-turi doirasida “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ammo mazkur o‘yinda VAR tizimi ishlamasligi ma’lum bo‘ldi. Bu xususida O‘zFHM shunday xabar qiladi:
“O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 18-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvi VAR siz o‘tadi. Texnik nosozlik sababli VAR texnologiyasida ayrim muammolar paydo bo‘ldi va shu tufayli ushbu uchrashuvni video assistentlarsiz o‘tkazishga majburmiz.
Mavjud noqulayliklar uchun barcha futbol ommasidan uzr so‘raymiz. Ayni damda muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda va keyingi tur uchrashuvlarigacha VAR yana o‘z holiga qaytishiga umid qilib qolamiz”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvida ham VAR tizimi ishlamasligi aytilgandi.
Fikrlar