"Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" o‘yini Navoiyda emas Qo‘qonda bo‘ladi
Pepsi Superliga-2018 13-turida "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" o‘zaro kuch sinashadi.
13-turdan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” o‘yini qur’aga ko‘ra aslida Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo 2-turdagi “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” o‘yini Qo‘qondagi stadionda rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgani tufayli Zarafshonda o‘tkazilgan. Shu sababdan endi 13-turdan o‘rin olgan o‘yin Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar