
"Qizilqum" legioner futbolchimizni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Qizilqum" navbatdagi transferga qo‘l urdi.
ikki marotaba O‘zbekiston chempioni va Kubogi sohibi, faoliyati davomida Toshkentning "Lokomotiv", Bekobodning "Metallurg", Olmaliqning OKMK, Muborakning "Mash’al" hamda Malayziyaning "Shri Poxang" jamoalarida to‘p tepgan tajribali himoyachi Sherzod Fayziev endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi.
Futbolchi bilan klub rahbariyati bir yillik bitim imzoladi.
"Qizilqum" matbuot xizmati.
Fikrlar