"Qizilqum" nazorat bahsida yutqazdi. Tarkibga esa argentinalik futbolchi qo‘shildi

  • 12 fevral, 2022, 20:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan “Qizilqum” safiga kuni kecha argentinalik futbolchi qo‘shildi. 1992 yilda tug‘ilgan Gonsalo Ritakko yarim himoyachi hisoblanadi. O‘tgan yili Ekvador chempionatida “Delfin” sharafini himoya qilgan. Ayni paytda u “Qizilqum” mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.

Bugun navoiyliklar rejaga ko‘ra, Rossiyaning “Dinamo” (Maxachkala) jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdilar. Ushbu o‘yinda “Qizilqum” 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

“Qizilqum” boshlang‘ich tarkib: Ignatiy Nesterov, Oleg Tolmasov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Bobur Yo‘ldoshev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Erkin Boydullaev, Sanjar Shoahmedov, Gonsalo Ritakko, Temurxo‘ja Abduholiqov, Aleksandar Stanislavlevich.

Jamoaning navbatdagi o‘yini 15 fevralga belgilangan bo‘lib, shu kuni Ukraina jamoasi raqib bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!