"Qizilqum" o‘rtoqlik o‘yinida "Aral"ga yutqazdi. Tarkibga esa OKMKdan Baxtiyor Qosimov qo‘shildi

  • 23 iyul, 2024, 21:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jamshid Saidov ustozlik qilayotgan “Qizilqum” bugun pro liga vakili “Aral”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi. 6 ta gol urilgan “Qizilqum” “Aral”ga imkoniyatni boy berdi. Navoiyliklardan Xumoyun Abdualimov bilan Elguja Lobjanidze gol mualliflari bo‘ldilar. “Aral”dan Tohir Shamsiddinov, Rasul Musaev, Shaxzod Turopov va Muxiddin Rasulov raqib darvozasini ishg‘ol qildilar.

Tecno

“Qizilqum” safiga OKMKda to‘p surgan Baxtiyor Qosimov qo‘shildi. Yarim himoyachi masalasi tez orada hal bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, tojikistonlik Ruslan Xayloev ham navoiyliklar safidagi mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.

“Qizilqum”: Robert Ozols, Ilhom Vahobov, Fayzulla Qambarov, Abduholiq Tursunov, Bozorov, Xumoyun Abdualimov, Bekzod Saidov, Ruslan Xayloev, Shaxzod Rahmatullaev, Davron Anvarov, Fayzulla Jumanqo‘ziev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Samandar Shukurullaev, Azizbek Usmonov, Asror G‘ofurov, Jamoliddin Ubaydullaev, Elguja Lobjanidze, Nikolay Tarasov, Giorgi Kuxianidze, Akaki Shulayya, Muhammadali G‘iyosov, Baxtiyor Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!