
"Qizilqum" yana golsiz durangga rozi bo‘ldi
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi Turkiyadagi yig‘ini doirasida bugun Qozog‘istonning “Turon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.
Mazkur qarama-qarshilikda hisob ochilmadi – 0:0. Lekin “Qizilqum” g‘alabaga yaqin kelgandi. Agar 73-daqiqada belgilangan penaltidan foydalanishganida navoiyliklar dastlabki g‘alabasiga erishgan bo‘lardi. Aksiga olib, “Qizilqum” hali ham Turkiyadagi nazorat uchrashuvlarida gol urgani yo‘q.
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Bobur Yo‘ldoshev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Artyom Dmitriev, Oleg Zoteev, Salim Mustafoev (Aziz Usmonov), Erkin Boydullaev, Sanjar Shoahmedov, Ritakko Gonsalo (Sherali Jo‘raev), Aleksandar Stanislavlevich, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Eslatib o‘tamiz, navoiyliklar o‘tgan safar Ukrainaning "Podole" jamoasiga qarshi bellashuvda ham 0:0 hisobida durang qayd etishgandi.
Fikrlar