
"Qizilqum"da futbolchi almashtirishni Nesterov hal qiladimi? Bosh murabbiy bu savolga javob berdi
Bugun Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” (1:1) bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamid Aktamov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
-O‘zingiz guvoh bo‘ldingiz, bugun juda ham jangovar va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Garchi birinchi bo‘lib to‘p kiritgan bo‘lsakda, yakunda g‘alabani saqlab qololmadik. Yo‘l qo‘yilgan kichik xatolar tufayli gol o‘tkazib yubordik.
“Lokomotiv” joriy mavsum hali o‘z maydonida g‘alaba qozonmagan edi va shu sababli, ular jonini berib o‘ynadi. Biz ham o‘z navbatida, ushbu o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelgan edik. Ammo bugungi o‘yinda ozroq hujum chizig‘ida yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. O‘ylaymanki, hali hammasi oldinda va jamoamizning o‘yini ochilib ketadi.
-Jamoada Ignatiy Nesterovning o‘rni qanday? Bugungi o‘yinda ikkala o‘zgarishni ham aynan uning ko‘rsatmalaridan so‘ng amalga oshirdingiz.
-Ushbu vaziyatda Ignatiy Nesterovning hech qanday daxli yo‘q. O‘yinchi almashtirish o‘zimizning rejamizda bor edi. Ushbu futbolchilar biroz toliqib qolgani bois zaxiraga olishga majbur bo‘ldim. Qolaversa, hisob tenglashganidan so‘ng, “Lokomotiv”ning hujumlarini bartaraf etish maqsadida himoyaga bo‘ydor futbolchilarni tushurdim.
Fikrlar