
"Qizilqum"ning Antaliyadagi yig‘ini boshlandi. Tarkibda qaysi futbolchilar bor?
Avvalroq xabar qilganimizdek, bugun tongda Samarqand-Istanbul-Antaliya havo yo‘nalishi orqali Turkiyaga jo‘nab ketgan "Qizilqum" delegatsiyasi belgilangan manzilga etib bordi.
Ikki hafta davom etadigan yig‘in mobaynida navoiyliklar Antaliyadagi "Kremlin Palace" mehmonxonasida istiqomat qiladi va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borishadi.
"Qizilqum" jamoasining Antaliya yig‘iniga yo‘l olgan tarkibi qo‘ydagicha:
Darvozabonlar: Robert Ozolts, Humoyunshox Sayyotov, Jahongir Mamatqulov
Himoyachilar: Azizbek Usmonov, Jamoliddin Ubaydullaev, Samandar Shukrullaev, Ilhomjon Vahobov, Sherzod Fayziev, Nikolay Tarasov, Murodali Usmonov, Abduholiq Tursunov.
Yarim himoyachilar: Akaki Shulaya, Giorgi Kuxianidze, Davron Anvarov, Shaxboz Jo‘rabekov, Diyor Raxmatilloev, Asadbek Asadov, Bobomurod Bozorov, Fayzullo Jumanqo‘ziev, Sherzod Majidov.
Hujumchilar: Akmaljon Muzaffarov, Humoyun Abdualimov, Salohiddin Tursunov, Muhammadali G‘iyosov, Shohruh Xoliqov.
Bosh direktor: Amin Ergashev.
Bosh murabbiy: Jamshid Saidov
Yordamchi murabbiylar: Avgustin Edvard, Obid Xudoyorov.
Darvozabonlar murabbiyi: Baxtimurod Hayriddinov.
Tahlilchi: Azizbek Nazarov.
Shifokorlar: Abdulaziz Yo‘ldoshev, Qurbonali Baqoev.
Massajchi: Shavkat Mirzaev.
Ma’mur: Sherzod Tashev
Matbuot xizmati xodimi: Shahboz G‘ulomov.
"Qizilqum" matbuot xizmati.
Fikrlar