"Qizilqum"ning rossiyalik darvozaboni nega zaxirada qolmoqda?
Xabaringiz bor «Qizilqum»da rossiyalik legioner Evgeniy Cheremisin ham bor. O‘tgan yili navoiyliklar tarkibiga qo‘shilgan darvozabon «Qizilqum» uchun juda muhim transfer bo‘lgandi. Ammo hozircha u zaxirada o‘tiribdi. Uning maydonga tushmayotgani raqobat bilan bog‘liqmi yoki murabbiyning ishonchini oqlay olmayaptimi? Bu savolga jamoa ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha javob qaytardi.
- Bu raqobat bilan bog‘liq. Ayni paytda Artyom Makosin zo‘r turyapti. Qaysi darvozabon o‘zini ko‘rsatsa, o‘shani maydonga tushiramiz-da. Hozirda Makosin bizning ishonchimizni oqlayapti.
Aktamov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar