"Qizilqum"ning Turkiyadagi ikkilari...
3 fevral kunidan Turkiyaning Antalya shahrida yig‘inga kirishgan "Qizilqum" 6 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. 2 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat natijalarini qayd etgan Nikola Lazarevich shogirdlari kuni kecha O‘zbekistonga qaytishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda jamoa vakillari Navoiyda to‘planib, Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" jamoasiga qarshi uchrashuvga so‘nggi tayyorgarlikni olib boradi.
"Qizilqum"ning "Lokomotiv"ga qarshi bahsi 4 mart kuni 18:30da boshlanadi.

Fikrlar