Qizlarimiz boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘z ishtirokini boshladi

  • 19 yanvar, 2023, 15:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 5 nafar qizlarimiz o‘z janglarini o‘tkazdi. Ulardan 4 nafari qaribalarini mag‘lub etib navbatdagi bosqichda yo‘l olgan bo‘lsa, bir nafari musobaqa bilan ilk bahsda yoq hayrlashdi. 
 
-48 kg: Farzona Fozilova – Anel Kudaibergen (Qozog‘iston) 5:0
-50 kg: Sabina Boboqulova – Nomin-Erdene Davazorg (Mo‘g‘uliston) 5:0
-54 kg: Nigina O‘ktamova – Esugen Oyunsetseg (Mo‘g‘uliston) 5:0
-57 kg: Sitora Turdibekova – Sreysros Vi (Kambodja) 2-raundda texnik g‘alaba
-60 kg: Rashida Tagirova – Buapa Porntip (Tailand)  0:5
 
Eslatib o‘tamiz, kecha 57 kg vazn toifasida Mirzabek Mirzahalilov qozog‘istonlik Mahmud Sabirxanga imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!