"Qo‘qon-1912" 19 mart kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 17.03.2019 17:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing navbatdagi turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchilari Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Murabbiylarning rejalaridan 19 mart kuni nazorat uchrashuvini o‘tkazish o‘rin olgan. Shu kuni qo‘qonliklar "Lokomotiv BFK" jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

O‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan stadion hamda uchrashuv vaqti to‘g‘risida ertaga aniq ma’lumot beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!