“Qo‘qon-1912” 3 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
Gadoev, Salimov va Akramov bilan kelishuv uzaytirildi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi tarkibni kuchaytirish bilan bir qatorda o‘tgan mavsumdagi asosiy tarkib futbolchilari bilan ham yangi shartnomalar imzolashda davom etmoqda. O‘tgan mavsum himoyamiz "qo‘rg‘oni"da asosiy o‘yinchilar bo‘lgan Shahzod Akramov va Alisher Salimov bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida tarkibimizga kelib qo‘shilgan Shohruh Gadoev yangi mavsumni "Qo‘qon-1912" jamoasida o‘tkazadi.
Shahzod Akramov o‘tgan mavsum 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.
Alisher Salimovning hisobida esa 32 ta uchrashuv bor va u bitta assist qayd etgan.
Shohruh Gadoev esa jamoamiz safida o‘tgan mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etgan.
Gadoev, Salimov va Akramovni jamoamiz bilan yangi shartnoma imzolagani bilan tabriklab qolamiz",-deyiladi qo‘qonliklar xabarida.
.jpg)

Fikrlar