"Qo‘qon-1912" ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi
Bugun jamoa a’zolariga bir kunlik dam berilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
27 mart kuni "Qo‘qon-1912" klubi Qo‘qon shahrida o‘z muxlislari bilan uchrashadi. Uchrashuv Qo‘qondagi "Markaziy" stadionida soat 11:30da boshlanadi. Muxlislar va jamoatchilik vakillariga jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilar tanishtiriladi.
"Andijon" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan "vodiy derbisi"dan oldin muxlislar o‘zlarining sevimli futbolchilari bilan uchrashadilar. Tadbirda jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, Qo‘qon shahar xokimligi vakillari ishtirok etishadi.

Fikrlar