
"Qo‘qon-1912" jamoasi "yilning eng chiroyli goli" muallifini e’lon qildi (video)
Anvarjon Xojimirzaev "Qo‘qon-1912" jamoasining 2023 yildagi eng chiroyli goli muallifi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"11 dekabr kuni Telegram kanalimizda "Yilning eng chiroyli goli" sarlavhasi ostida xabar chiqqandi. Bunda yil davomida jamoamiz futbolchilari tomonidan gollar orqali so‘rovnoma o‘tkazgandik. So‘rovnomada 36 foiz bilan Anvarjon Xojimirzaevning "Andijon-SGS"ga urgan goli yil goli sifatida tan olindi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Anvar Xojimirzaev joriy mavsumda Pro ligada 16 ta gol urib, liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Fikrlar