
"Qo‘qon-1912" safida ilk davrada kim nechta gol urdi?
Birinchi davra yakunlariga doir ma’lumotlarni davom ettiramiz. Bugun "Qo‘qon-1912" klubi safida birinchi davrada kim nechta gol urgani haqida ma’lumot beramiz.
Akramovdan Rayevatsgacha
Jamoaning mavsum-2017dagi birinchi golini Bahodir Akramov kiritdi. Oliy liga 1-tur doirasidagi Qo‘qonda kechgan “Nasaf”ga qarshi o‘yinda yarim himoyachi o‘zini ko‘rsatgandi. Ammo ushbu gol qo‘qonliklarni mag‘lubiyatdan qutqara olmagandi.
Yozgi ta’tilga chiqish oldidan futbolchilar raqiblar darvozasiga 23 ta to‘p kiritishdi. Birinchi davradagi oxirgi 23-gol serbiyalik hujumchi Filip Reyevats hisobiga yozildi.
Ketma-ket o‘yindagi gollar
Mavsum startini legioner hujumchi ajoyib tarzda boshlaganini aytish joziz. Yaqinda o‘zining 25 yoshini qarshi olgan Rayevats qatorasiga to‘rtta o‘yinda (2-5-turlarda) raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, barchani ajablantirgandi.
Golsiz o‘yin
Mavsumning birinchi qismida No‘’mon Hasanov shogirdlari faqat bitta o‘yindagina raqiblar darvozasiga yo‘l topa olishmadi, xolos. Bu ham 15-turga kelib sodir bo‘ldi. Bungacha ular barcha uchrashuvlarda gol urishni uddalashdi.
Xet-trik
Suhrob Berdiev bitta o‘yinda uchta gol urgan jamoaning yagona futbolchisi bo‘lib turibdi. Berdiev 7-tur doirasidagi “Metallurg”ga qarshi kechgan o‘yinda bekobodliklar darvozasini uch marta aniq nishonga oldi.
Penaltilar
Birinchi davrada "Qo‘qon-1912" futbolchilari ikki marta penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Murod Xolmuhammedov har ikki safar un bir metrli nuqtadan adashmadi.
Oliy liga-2017
Birinchi davra
1-tur
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” – 1:2
Gol: Bahodir Akramov
2-tur
“Obod” – “Qo‘qon-1912” – 1:1
Gol: Filip Rayevats
3-tur
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 1:0
Gol: Filip Rayevats
4-tur
“Neftchi” – “Qo‘qon-1912” - 1:2
Gollar: Filip Rayevats, Nosir Otaqo‘ziev.
5-tur
“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” – 2:1
Gollar: Filip Rayevats, Nosir Otaqo‘ziev.
6-tur
“Mash’al” – “Qo‘qon-1912” – 1:1
Gol: Akmal Xolmurodov.
7-tur
“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” – 3:0
Gollar: Suhrob Berdiev – 3ta
8-tur
“Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” – 2:3
Gollar: Suhrob Berdiev, Filip Rayevats, Javohir Sidiqov.
9-tur
“Qo‘qon – 1912” – “Paxtakor” – 1:1
Gol: Nosir Otaqo‘ziev
10-tur
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1
Gol: Murod Xolmuhammedov (pen)
11-tur
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” – 1:1
Gol: Darko Gojkovich
12-tur
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” – 2:1
Gollar: Suhrob Berdiev, Murod Xolmuhammedov.
13-tur
“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” – 2:1
Gol: Nosir Otaqo‘ziev.
14-tur
“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” 3:2
Gollar: Murod Xolmuhammedov (pen), Suhrob Berdiev, Filip Rayevats.
15-tur
“Olmaliq” – “Qo‘qon-1912” – 0:0
Kimda nechta gol bor?
Filip Rayevats – 6
Suhrob Berdiev – 6
Nosir Otaqo‘ziev – 4
Murod Xolmuhammedov – 3 (2 ta pen)
Javohir Sidiqov – 1 ta
Akmal Xolmurodov – 1
Bahodir Akramov – 1
Darko Gojkovich – 1
Jami gollar: 23 ta
Fikrlar