
“Qo‘qon-1912” safida “Paxtakor” futbolchisi ko‘rikdan o‘tmoqda
“Qo‘qon-1912” futbolchilari Chirchiq shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirishmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan o‘tkazilyapti. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tarkibda «Paxtakor» jamoasi a’zosi , hujumkor yarim himoyachi Temur Tolipov ko‘rikdan o‘tmoqda. Tolipov birinchi davrani Namanganning «Navbahor» jamoasida o‘tkazgan. Shuningdek «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan , asli qo‘qonlik Azamat Mamajonov ham murabbiylar nazoratidan o‘tmoqda.
Javohir Siddiqov hamda Andrey Sidorovlar O‘zbekiston U-22 terma jamoasi ixtiyorida ekanligi haqida xabar berganmiz. Serbiyalik legionerlarimiz Darko Gojkovich hamda Filip Rayevatslar 16 va 18 iyul kunlari tarkibimizga kelib qo‘shilishadi. Tajribali himoyachi Aleksandr Merzlyakov jarohatidan asta-sekin forig‘ bo‘lmoqda. Merzlyakov asosiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etyapti.
Bugun futbolchilar ikkiga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin o‘tkazishdi. «Ko‘klar» tarkibida asosiy tarkib futbolchilari harakat qilishgan bo‘lsa, «Qizillar» tarkibini asosan yoshlar to‘ldirishdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi. Nosir Otaqo‘ziev, Suxrob Berdiev va Sobirjon Hamidovlarning kiritgan gollariga Temur Tolipov yagona gol bilan javob berdi.
«Ko‘klar»: Nikita Ribkin, Azamat Mamajonov, Akmal Xolmurodov, Murod Holmuhammedov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Quvondiq Ro‘ziev, Sobir Hamidov, Jamshid Hasanov,Suhrob Berdiev, Nosir Otaqo‘ziev.
«Qizillar»: Aziz Ashurov, Ismoil Oxunjonov, Avaz Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Doniyor To‘lashev, Iqbol Malikjonov, Shohruh Ergashev, Ibrohim Rahimov, Muhammadanas Hasanov, Temur Tolipov, Doston Meliqo‘ziev.
Fikrlar