“Qo‘qon-1912” Superliganing 4 jamoasi bilan kuch sinashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasi 2018 yildagi dastlabki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishadi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchilar mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkent shahrida yig‘iladi.

23 yanvar kuniga qadar davom etadigan ushbu yig‘inga murabbiylar bir qator yangi futbochilarni ham taklif qilishgan. Yangi futbolchilar kim ekani esa keyinroq ma’lum qilinishi aytilmoqda.

Toshkentdagi o‘quv-yig‘inlar davomida Superliga ishtirokchilari bilan to‘rtta  o‘rtoqlik  o‘yinlari o‘tkazish ham rejaga kiritilgan bo‘lib, ayni kunlarda jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini Muborakning “Mash’al” jamoasi bilan o‘tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!