
"Qo‘qon-1912" Superliganing yangi vakili bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
2017 yilgi mavsum yakuniga etgach biroz hordiq chiqargan "Qo‘qon-1912" a’zolari bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi.
Futbolchilar Qo‘qon shahrida dastlabki o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazishadi. Bu yig‘in 28-dekabrga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlarga barcha futbolchilar taklif qilingan.
Mazkur yig‘inda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan birga bo‘lib turgan J.Sidiqov, O.Rustamov, A.Mamatxo‘jaev hamda A.Sidorovlar ishtirok etishmaydi.
No‘’mon Hasanov Qo‘qondagi yig‘in davomida bitta nazorat uchrashuvi o‘tkazishni ham o‘z rejasiga kiritgan. Raqib esa Superliganing yangi vakili — Quvasoyning “Tsementchi” jamoasi bo‘ladi. O‘rtoqlik o‘yini sanasi va qaerda o‘tkazilishi borasida qo‘shimcha tarzda xabar beriladi.
Fikrlar