"Qo‘qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtirdi (Foto)
“Qo‘qon-1912” klubi Qo‘qon shahrida o‘z muxlislari bilan uchrashdi. Uchrashuv Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Qo‘qon-1912" jamoasining futbolchilari va jamoa rahbariyati muxlislaring olqishlari hamda jamoa gimni sadolari ostida stadionga chiqib kelishdi.
Jamoa safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Boyan Knejevich, Milosh Nikolich, Jamshid Hasanov, Jasur Hasanov, Timur Hakimov, Timur Usmonov, Javohir Esonqulov va Shaxboz Erkinov keng ommaga tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi. Boyan Knejevich - 89, Milosh Nikolich - 55, Jamshid Hasanov - 7, Jasur Hasanov - 16, Timur Hakimov - 11, Timur Usmonov - 21, Javohir Esonqulov - 13 va Shaxboz Erkinov – 22.

Futbolchilar muxlislarga to‘p bilan master-klass namoyish qilib berishdi. Futbolchilar foydalangan to‘plarni muxlislar o‘tirgan sektorlarga tepib, muxlislar uchun o‘ziga xos sovg‘alarni taqdim qilishdi.

Fikrlar