"Qo‘qon-1912"da nima gaplar?

  • 4 yanvar, 2022, 20:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" jamoasi bugun Qo‘qon shahrida yangi yildagi ilk o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Qo‘qondagi "markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda jami 20 nafar futbolchi ishtirok etdi. Darvozabonlar ilk kundan to‘liq tarkibda shug‘ullanishdi. Xurshid Xo‘jaev, Muzaffar Abdullaev va Islom Abdullaev yangi yilning dastlabki kunlaridanoq yaxshi sport formasida ekanliklari ko‘rinib turdi. Murabbiylar shtabi o‘tgan yilgi tarkibning asosiy qismini saqlab qolish hamda ayrim chiziqlarga yangi futbolchilarni jalb qilishni maqsad qilgan.

Mashg‘ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan Bilolxon Toshmirzaev ham ishtirok etdi. Shuningdek yoshlar tarkibidan ham bir nechta iqtidorli futbolchilar asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Mo‘min Meliev, Oybek Rustamov ertaga mashg‘ulotlarga qo‘shilishadi. Tarkibga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi bir nechta yangi nomlarni jamoa ko‘rigiga taklif qilishgan. Ularni yig‘in davomida sizlarga tanishtirib boramiz. Jamoa etakchilari Murod Xolmuhammedov va Aleksandr Merzlyakov mashg‘ulotlarga biroz keyinroq keladi.

Ertadan mashg‘ulotlar ikki mahal bo‘lib o‘tadi. Dastlabki yig‘inda asosan futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlarga ko‘proq urg‘u beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!