
“Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yinlarda “Navbahor" katta ustunlikka ega (Raqamlar)
Coca Cola Superligasi 13-tur doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Qo‘qon-1912” bahsi 28 avgust kuni Toshkent shahridagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi. "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati vodiy derbisi oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
“Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 28 bor kuch sinashishgan. 6 ta uchrashuvda “Qo‘qon-1912”ning qo‘li baland kelgan. “Navbahor” 16 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 6 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 55-30. “Navbahor” o‘zaro o‘yinlarda 54 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” esa 24 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu jamoalarning so‘nggi oltita uchrashuvda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:
01.12.2019 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 1:1
10.03.2019 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1
31.03.2018 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 1:0
10.06.2018 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 3:0
12.05.2017 Navbahor – Qo‘qon-1912 – 1:1
21.10.2017 Qo‘qon 1912 – Navbahor - 2:0
Fakt: So‘nggi olti uchrashuvning ikkitasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan, bitta uchrashuvda “Navbahor”ning qo‘li baland kelgan. Uchta bahsda durang natija qayd etilgan.
"Navbahor" – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi, juma kuni Toshkent shahridagi “Jar” stadionida soat 18:30da start oladi.
Fikrlar