"Qo‘qon-1912"ning "So‘g‘diyona" bilan o‘yinga tayyorgarligi davom etmoqda, tarkibda ikki nafar futbolchi yo‘q

  • 09.10.2021 18:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo‘qon-1912" jamoasi Superliganing navbatdagi turida bo‘ladigan "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

kukon3_1

Jamoa futbolchilari mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kmoqdalar. Bugungi mashg‘ulotlar ham Qo‘qondagi "markaziy" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarda biroz shamollab qolganligi sababli serbiyalik himoyachi Ivan Yosovich ishtirok etmayapti. Anvarjon Xojimirzaev ham hozircha jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgani yo‘q. Qolgan futbolchilar murabbiylar bergan ko‘rsatmalarni bajarish uchun maydonda astoydil ter to‘kmoqda.

kukon4_1 

Bugungi mashg‘ulotlarda futbolchilarning maydondagi fikrlashlari, o‘yin vaqtida tezkor va to‘g‘ri  qaror chiqarishlariga qaratilgan mashqlarga ko‘proq urg‘u berildi.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!