"Qo‘qon-1912"ning to‘purari hujumchi emas yoxud joriy mavsumda kimlar gol urdi?

  • 20.12.2025 17:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yakuniga etgan chempionatda "Qo‘qon-1912" jamoasi ligada qolish vazifasini pley-off o‘yini orqali hal qildi. Jamoa musobaqani 12-o‘rinda yakunladi. 30 o‘yinda 9 g‘alaba, 7 durang va 14 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati 24\39 va 34 ochko jamg‘ardi.

Tecno

Yakunlangan mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasining 15 nafar futbolchisi o‘z hisobiga hech bo‘lmaganda bitta gol yozib qo‘yishdi. Bu borada klub matbuot xizmati ushbu mavzu bo‘yicha statistik ma’lumotni taqdim etdi.

O‘tgan mavsumda jamoamiz a’zolari jami 35 ta gol urishdi. Superliga va O‘zbekiston Kubogini birga olganda jamoa safidagi eng yaxshi to‘purar Javohir Husanov bo‘ldi. 24 yoshli yarim himoyachi jami 7 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistlik qildi. Ikkinchi o‘rinda esa mahoratli hujumchi Shahzod Beshimov joy oldi. Hujumchi jami 5 ta gol urdi va yana 3 ta golga assistlik qildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Beshimov ikkinchi davrani jarohat sababli to‘liq o‘tkazib yubordi. Kuchli uchlikdan bir yo‘lla uch nafar futbolchi joy oldi. Ular - Muhammadanas Hasanov, Jasur Xolto‘raev va  Kleydi Datsi. Ushbu futbolchilar yakunlangan mavsumda 3 tadan gol urishdi.

Barcha gol va assistlar egallari bilan tanishing:

Javohir Husanov 7 ta gol va 3 ta assist
Shahzod Beshimov 5 ta gol va 3 ta assist
Muhammadanas Hasanov 3 ta gol va 5 ta assist
Jasur Xolto‘raev 3 ta gol
Kleydi Datsi 3 ta gol
Egor Kondratiuk 2 ta gol va 1 ta assist
Andro Giorgadze 2 ta gol
Abdug‘ofur Haydarov 2 ta gol va 2 ta assist
Abror Karimov  2 ta gol
Shahzod Akramov 1 ta gol va 1 ta assist
Iqboljon Malikjonov 1 ta gol va 1 ta assist
Asliddin Toshtemirov 1 ta gol
Husniddin G‘ofurov 1 ta gol
Bekjon Jo‘raboev 1 ta gol
Shohruh Gadoev 1 ta gol va 1 ta assist
Alisher Salimov 1 ta assist
Zafar Hakimov 1 ta assist
Bahrom Abdurahimov 1 ta assist
Muhriddin Pazlidinov 1 ta assist

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!