Qo‘qonda greppling bo‘yicha "Qo‘qon Open" turniri o‘tkaziladi

CHERY AUTO

6-8 oktyabr kunilari Qo‘qon shahrida O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tomonidan grepling bo‘yicha “Qo‘qon Open” turniri tashkil etiladi. Mazkur musobaqa U-13 va U-15 yosh toifalarida o‘tkaziladi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, yurtimizda jahon chempionati qabul qilib, uni yuqori saviyada tashkil etdi. Shuningdek, Farg‘onada “Yangi O‘zbekiston” turniri ham ajoyib tarzda o‘tkazildi. 1 oktyabr kuni Samarqandda pankration bo‘yicha “Ipak yo‘li” musobaqasi ham bo‘lib o‘tadi.

Assotsiatsiya rahbari Hojiakbar Hakimovning ta’kidlashicha, ushbu turnirlar yurtimizda pankration va grepplingning yanada rivojlanishi va ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi. Qolaversa, yosh iste’dodlar ham saralanib, ularning xalqaro turnirlarda ishtirok etishlariga zamin yaratiladi. Shuningdek, “Qo‘qon Open” turniri an’anaviy tarzda o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!