Qozog‘istonlik jahon chempioni Bahodir Jalolovdan boshqa barcha o‘zbek bokschilarini to‘xtatish mumkinligiga ishonmoqda!

  • 25 may, 2021, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boshlangan Osiyo chempionatida eng kuchli ikki terma jamoa – O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilarining o‘zaro raqobati ko‘p tahlil qilinmoqda. Qozog‘istonlik bokschi, professional boks bo‘yicha IBA yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan Marat Mazimbaev har ikki mamlakat charm qo‘lqop ustalari agar o‘zaro to‘qnash kelsa, qanday natija qayd etilishi bo‘yicha ularning imkoniyatlarini solishtirib chiqdi.

- O‘zbek bokschilari hozir ko‘tarilib bormoqda. Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlaridagi natijalar shuni ko‘rsatib turibdi. Ularning tarkibi kuchli, olimpiya va jahon chempionlari bor. Osiyo chempionatidagi asosiy raqobatchilarimiz ham aynan o‘zbekistonlik qo‘shnilarimizdir. Lekin ularni ular bilan  bokschilarimizning saviyasi teng va ularni yutish mumkin. Bizning har bir bokschimiz ham, o‘zbekistonliklar ham oltin medalga da’vogarlik qilayotgan ekan, albatta, ular ko‘p bora o‘zaro to‘qnash kelishadi. Balki finalgacha ham janglarda kuch sinashar. Osiyoda boks rivojlanmoqda, o‘rta vaznlarda filippinliklar, engil vaznda tailandlik, yaponiyalik, hindistonlik, koreyalik charm qo‘lqop ustalarini ham engish oson bo‘lmaydi,  - dedi Marat Mazimbaev.

49 kg. Daniyol Sobit – Nodir Mirzahmedov

Bu ikki bokschi yaqinda Sankt-Peterburgdagi turnirda uchrashishi kutilgandi. Bizning bokschimiz rossiyalikka yarim finalda yutqazib qo‘ydi, o‘zbekistonlik bokschi esa mezbonlar vakilini engdi. Ularning finaldagi bahsini ko‘rolmadi. Menimcha, bu raqobatda o‘zbekistonlik bokschining imkoniyati balandroq.   

52 kg. Saken Bibosinov – Shahobiddin Zoirov

Zoirov  olimpiya chempioni. Saken jahon chempionati sovrindori. Agar jang tengma-teng bo‘lsa, hakamlar olimpiya chempionini tanlashi mumkin.

EpQ7zy14714611473719_b

 

56 kg. Sobirxon Mahmud – Mirazizbek Mirzaxalilov

Sobirxonni 56 kilogrammga qo‘yishdi. Bu juda salohiyatli bokschi va u g‘alaba qozonishi kerak. Yosh, kuchga to‘lgan payti va zo‘r formada. O‘ylashimcha Sobirxon oltin medal oladi.

Mazimbaev maqtagan bokschi birinchi jangdayoq raqibiga imkoniyatni boy berdi.

60 kg. Serik Temirjanov – Abdumalik Halakov

Temirjanovning asl vazni 57 kilogramm. Uni 60 kiloda tushirishyapti. Bu unga mos vazn va o‘ylashimcha, g‘alaba u tomonda bo‘ladi.

Mazimbaev ushbu raqobatda o‘z hamyurtining imkoniyatini yuqori baholagan edi. Biroq, birinchi davrada Temirjanov eronlik Doniyol Shohbaxshga yutqazib qo‘ydi. Abdumalik Halakov esa, birinchi urinishdayoq laoslik raqibini katta ustunlikda engdi.

64 kg. Zokir Safiullin – Elnur Abduraimov

Ularning o‘zaro uchrashuvida 3:2 hisobidagi ustunlik o‘zbek bokschisi tomonida. Hozir imkoniyat 50-50. Buyog‘ini jang ko‘rsatadi. Men ularning Iordaniyadagi jangini ko‘rganman. Zarbalar ko‘p bo‘lgan, g‘alaba Elnurga berilgandi. Bu erda imkoniyatlar teng.

ApENPP15040875852520_b

69 kg. Abilayxan Jusupov – Bobo-Usmon Boturov

Yaqinda bizning bokschimiz Aslanbek Shimbergenov Boturovni engdi. Hammasi Abilayxanning o‘ziga bog‘liq. Agar formasi yaxshi bo‘lsa, to‘g‘ri jang o‘tkazsa, yutishi kerak.

75 kg. Abilxan Amanqul – Saidjamshid Ja’farov

Abilxan g‘olib chiqishiga ishonaman.

81 kg. Bekzod Nurdauletov – Dilshodbek Ro‘zmetov

Ular jahon chempionati finalida to‘qnash kelgandi va Bekzod zafar quchgan. Hozir uning ishonchi ortgan va yana yutishi kerak.

91 kg. Vasiliy Levit – Sanjur Tursunov

Levit bu raqibini doim mag‘lub qilgan. Hammasi Vasiliyning qo‘lida. Muhimi, jangga to‘g‘ri tayyorlanish. Agar biror narsa xalaqit qilmasa, bu gal ham qo‘li baland keladi.

+91 kg. Kamshibek Ko‘nkabaev – Bahodir Jalolov

Jalolov jahon chempioni. Imkoniyatlar 55 ga 45 o‘zbekistonlik bokschi foydasiga.

maxresdefault

Umuman olganda, Marat Mazimbaev Osiyo chempionatida qozog‘istonliklar 10 ta oltin medaldan oltitasini olishiga ishonmoqda. Buyog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi. Birinchi kungi janglardan so‘ng, qozog‘istonliklardan  Serik Temirjanov va Sobirxon Mahmud musobaqani tark etdi. Zokir Safiullin va Abilxan Amanqul g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Abdumalik Halakov, Sadjamshid Ja’farov ilk jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Osiyo chempionatini kuzatishda davom etamiz!

Bahodir Jalolov zo‘rmi yoki Qamshibek Kunkaboevmi yoxud qolganlarning imkoniyati qanday?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!