
Qudratillo Abduqahhorov 26 sentyabr kuni jang qiladimi?
Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) IBF vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Sergey Lipinetsga qarshi jang sanasi ma’lum bo‘lganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Biz bunga aniqlik kiritish uchun bokschimiz bilan bog‘landik.
- To‘g‘risi, bu borada ma’lumotga ega emasman. 26 sentyabr kuni bo‘lishi haqidagi xabarlarni o‘zim ham o‘qidim. Lekin menga hali aytishmadi. Agar, shunday bo‘lsa, juda xursandman. Tezroq ushbu masalaga oydinlik kiritilsa yaxshi bo‘lardi. Hozirda, Andijondaman. Safar bilan bog‘liq ishlar hal qilinyapti. Ya’ni, AQShga vizani kutib turibmiz. Bu masala ijobiy yakun topishi bilan okean ortiga yo‘l olamiz.
Fikrlar