
Qudratillo Abduqahhorov Lipinetsni engsa, navbatdagisi kim bo‘ladi yoxud uning ehtimoliy raqiblari ham o‘zaro jang qiladi
Yarim o‘rta vazn toifasida WBC va IBF chempioni Errol Spens va majburiy da’vogar Denni Garsiya jangining sanasi ham rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bokschilar 5 dekabr kuni PBC promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Jang kechasi “Fox” kanali orqali pullik translyatsiya qilinadi (PPV). Mazkur boks oqshomi Texas shtatida AT&T stadionida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birgalikda muxlislar tashrifi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, biletlar 14 oktyabrdan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaznda 24 oktyabr kuni IBF muvaqqat jahon chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets o‘zaro jang olib boradi va ushbu to‘qnashuvda kim g‘alaba qozonsa, Errol Spens hamda Denni Garsiya jangining g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar