
Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets jangi bo‘ladimi?
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (17-0,9 KO) 10 oktyabr kuni rossiyalik Sergey Lipinetsga (16-1,12 KO) qarshi IBF muvaqqat kamari uchun jang qilishi kerak edi. Biroq viza muammosi tufayli hamyurtimiz AQShga o‘z vaqtida etib bora olmaydigan bo‘ldi. Shuning uchun, ushbu jang noma’lum muddatga qoldirildi.
Yurtdoshimizning raqibi Lipinets esa o‘sha kuni janubiy afrikalik Kris Van Xeerdenga (28-2-1,12 KO) qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Biroq jang titul uchun emas. Vaqtinchalik chempionlik uchun rossiyalik charmqo‘lqop ustasi faqatgina Qudratillo Abduqahhorovga qarshi jang qilishi kerak bo‘ladi.
Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar