
Quyi diviziondan A Seriyaga chiqqan klub Dibala va Ikardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Quyi diviziondan A Seriyaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan "Montsa" jamoasi o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. Jamoa yangi mavsum oldidan katta transferlarni amalga oshirmoqchi.
"Montsa"ning egasi "Milan"ning sobiq prezidenti Silvio Berluskoni hisoblanadi. Berluskoni jamoaga katta sarmoya kiritishdan qo‘rqmayapti.
Xabarlarga ko‘ra, PSJ vakili Mauro Ikardi, erkin agentga aylangan Paulo Dibala va "Barselona" himoyachisi Oskar Mingesa lombardiyaliklar nishoni ostida bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "Montsa" allaqachon "Inter"dan Andrea Ranokkiya, "Kalyari"dan Alessio Krano va Andrea Karbonini sotib olgan.
Fikrlar