
Rabo uchun kurashga "Arsenal" va MYu ham qo‘shildi
Yozda PSJ bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi Adrien Raboga APL grandlari ham qiziqib qolishdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda 24 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ham kurash boshlashgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Raboga “Atletiko”dan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Rabo PSJ safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar