Raboga kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi
PSJ klubi xavbeki Adrian Raboga yana bir grand klubdan qiziqishlar paydo bo‘ldi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga qaraganda 23 yoshli frantsiyalik futbolchini “Manchester Siti” klubi ham o‘z safida ko‘rishni istab qolgan. Unga ko‘ra “shaharliklar” qishda futbolchining vakillari bilan uning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashmoqchi. Agar tomonlar kelishuvga erishishsa transfer mavsum yakunlangach amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar