
Rafael Nadal Avstraliyadagi yurishini omadli boshladi
Avstraliyaning Melburn shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" musobaqasida erkaklar o‘rtasida birinchi davra bahslari boshlandi.
Unda ispaniyadik Rafael Nadal mezbon tennischi Jeyms Dakvortni 6:4, 6:3, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Endi Avstraliya ochiq chempionatida Nadal yana bir mezbonlar vakili Mettyu Ebden, yoki germaniyalik Yan-Lennard Shtruffga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar