Pro ligada 14 jamoa qatnashadi. So‘nggi ishtirokchi ham ma'lum
Buxoro davlat universitetining "BuxDU" klubi Proliganing 2026-yilgi mavsumi uchun so‘nggi qatnashchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
"BuxDU" so‘nggi ikki mavsumni Birinchi ligada munosib o‘tkazdi. O‘tgan mavsum aynan u ishtirok etgan mintaqada "Kattaqo‘rg‘on", "Lochin", "BuxDU" o‘rtasidagi raqobat ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortdi. Garchi buxoroliklar mintaqani kuchli uchlikda tugatgan bo‘lsa-da, yakunda musobaqaning finaliga qadar yetib bordi hamda mavsumni 2-o‘rin bilan yakunladi.
Toshkent mezbonlik qilgan final uchrashuviga universitet rektori Obidjon Hakimov ham tashrif buyurgandi. O‘tgan davr ichida universitet qoshidagi futbol klubining Proligada ishtirok etishi yuzasidan ishlar olib borildi. Buxoro viloyati hokimligining amaliy ko‘magi bilan "Buxoro" va "BuxDU" klublari mavsum davomida viloyat futbol akademiyasiga qarashli stadiondan foydalanadigan bo‘ldi.
Qanday holatda bo‘lmasin, "BuxDU" ketma-ket ikki mavsum davomida Birinchi ligada istalgan raqibga yetarlicha raqobat qila oldi. Endilikda universitet jamoasi Proligada o‘z omadini sinab ko‘radi.
Pro ligada qatnashadigan jamoalar ro‘yxati


Fikrlar