Rafinya «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi

  • 20.09.2026 14:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa hujumchisi Rafinya kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashini tasdiqladi. Bu haqida avvalroq futbol bo‘yicha ishonchli insayder Fabrizio Romano ham xabar bergan edi.

«Ha, u yangi shartnoma imzolaydi. Rafinya bilan kelishuvni uzaytirganimizdan juda xursandman, bu klub qabul qila oladigan eng to‘g‘ri qaror. Rafinya – jamoada bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi sardor», – deya ta’kidladi Flik.

Kechа, 19 sentabr kuni, Rafinya La Liganing 7-turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. U yangi mavsumdagi ilk 8 uchrashuvda 14 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!