Rafinya: "Ko‘pchilik mendan "Barselona"dan ketishimni xohlagan edi”
"Barselona" hujumchisi Rafinya Angliyaning "Lids" klubidan Kataloniyaga ko‘chib o‘tganidan keyingi tanqidlar haqida fikr bildirdi.
"Ko‘pchilik ilk o‘yinlarimdan so‘ng mendan “Barselona”dan ketishni xohlagan edi. Ehtimol, men ular kutgan ishlarni qilmaganman. Men ular kutgan o‘yinchi bo‘lmaganman, shuning uchun menda kelajak ko‘rmaganlar ham bo‘lgan va bu faqat bir nechta odam emasdi — bu umumiy fikr edi", — dedi Rafinya "Barca Universal" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar 2022 yili Rafinyani "Lids"dan deyarli 60 million evroga sotib olgan edi. O‘tgan mavsumda braziliyalik vinger jamoaning etakchilaridan biriga aylanib, "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda beshinchi o‘rinni egalladi. Joriy mavsumda esa Rafinya La Ligadagi olti o‘yinda uchta gol urib, ikki assist qayd etgan.
Fikrlar