Rahim Sterling: “Man Siti” biroz sust o‘ynadi, ammo muhimi g‘alabaga erishdi
“Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Rahim Sterling “Feyenoord”ga qarshi (1:0) kechgan EChL 5-turidan keyin sho‘ fikrlarini bildirib o‘tdi. Aynan Sterlingning o‘yin yakuniga urgan goli “shaharliklar”ga g‘alaba keltirdi.
“Raqib yaxshi himoyalandi, shu bilan birga bizga aniq hujumlar etishmadi. O‘yin yakunida gol urganim bizga g‘alaba keltirdi. Biz g‘alabaga haqli edik, deb o‘ylayman.
Uchrashuv davomida “Manchester Siti” biroz sust va sekin harakat qildi, ammo muhimi g‘alabaga erishdi. G‘alabali yurishni davom ettirishimiz kerak”, – dedi angliyalik futbolchi.

Fikrlar