Rakitich: "Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi"
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich Lionel Messi haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Messi "Barselona"da ham, Xorvatiyada ham, Argentinada ham, "Mayami"da ham alohida eʼzozlanishga loyiq. U — tarixdagi eng yaxshi futbolchi. “Barselona” yoki “Inter Mayami” muxlisi boʻlish shart emas — agar sen futbolni yaxshi koʻrsang, demak Leoni ham yaxshi koʻrasan.
U futbolga qanday qarashimizni va uni qanday tushunishni oʻzgartirgan inson. Juda umid qilamanki, u karerasini yakunlamaydi va yana bir necha yil oʻynashda davom etadi", — dedi Rakitich.
Fikrlar