Rakitich yozda "Liverpul"ga o‘tishi mumkin

Angliyaning “Liverpul” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham Mersisayd klubiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas va ushbu transfer yozda amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 42ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!