
Rakitichga APLdan xaridor chiqmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli xorvatiyalik futbolchiga "Everton" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Ko‘k-anor ranglilar” esa “Ayaks”dan Frenki de Yongni sotib olishgach, markaziy chiziqda raqobat yanada ortdi. Shu bois, ular Rakitichni sotib yuborishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ivan Rakitich 2014 yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar